Qur’ondagi duolar

O‘qish sozlamalari

"رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ". [الْبَقَرَةُ - 201].

"Rabbimiz, bizga dunyoda ham yaxshilik, oxiratda ham yaxshilik ber va bizni do'zax azobidan saqla.". [Baqara - 201].

"رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَانصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ". [الْبَقَرَةُ - 250].

"Rabbimiz, ustimizga sabr yog'dir, qadamlarimizni sobit qil va kofirlar qavmi ustidan bizga yordam ber.". [Baqara - 250].

"رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَا إِن نَّسِينَا أَوْ أَخْطَأْنَا ۚ رَبَّنَا وَلَا تَحْمِلْ عَلَيْنَا إِصْرًا كَمَا حَمَلْتَهُ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِنَا ۚ رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلْنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِهِ ۖ وَاعْفُ عَنَّا وَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا ۚ أَنتَ مَوْلَانَا فَانصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ". [الْبَقَرَةُ - 286].

"Rabbimiz, agar unutgan yoki xato qilgan bo'lsak, bizni javobgar qilma. Rabbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganing kabi bizga og'ir yuk yuklama. Rabbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklama. Bizni afv et, bizni mag'firat qil va bizga rahm et. Sen bizning homiyimizsan. Kofirlar qavmiga qarshi bizga yordam ber.". [Baqara - 286].

"رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً ۚ إِنَّكَ أَنتَ الْوَهَّابُ". [آلُ عِمْرَانَ - 8].

"Rabbimiz, bizni hidoyat qilganingdan keyin qalblarimizni og'dirma va O'z huzuringdan bizga rahmat ato et. Albatta, Sen ko'p ato qiluvchisan.". [Oli Imron - 8].

"رَبَّنَا إِنَّنَا آمَنَّا فَاغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ". [آلُ عِمْرَانَ - 16].

"Rabbimiz, albatta biz iymon keltirdik. Gunohlarimizni kechir va bizni do'zax azobidan saqla.". [Oli Imron - 16].

"رَبِّ هَبْ لِي مِن لَّدُنكَ ذُرِّيَّةً طَيِّبَةً ۖ إِنَّكَ سَمِيعُ الدُّعَاءِ". [آلُ عِمْرَانَ - 38].

"Rabbim, menga O'z huzuringdan pokiza zurriyot ato et. Albatta, Sen duoni eshituvchisan.". [Oli Imron - 38].

"رَبَّنَا آمَنَّا بِمَا أَنزَلْتَ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ". [آلُ عِمْرَانَ - 53].

"Rabbimiz, Sen nozil qilgan narsaga iymon keltirdik va Rasulga ergashdik. Bizni guvohlar qatorida yozgin.". [Oli Imron - 53].

"رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَإِسْرَافَنَا فِي أَمْرِنَا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَانصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ". [آلُ عِمْرَانَ - 147].

"Rabbimiz, gunohlarimizni va ishlarimizdagi haddan oshishimizni mag'firat qil, qadamlarimizni sobit qil va kofirlar qavmiga qarshi bizga yordam ber.". [Oli Imron - 147].

"رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَٰذَا بَاطِلًا سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ رَبَّنَا إِنَّكَ مَن تُدْخِلِ النَّارَ فَقَدْ أَخْزَيْتَهُ ۖ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ رَّبَّنَا إِنَّنَا سَمِعْنَا مُنَادِيًا يُنَادِي لِلْإِيمَانِ أَنْ آمِنُوا بِرَبِّكُمْ فَآمَنَّا ۚ رَبَّنَا فَاغْفِرْ لَنَا ذُنُوبَنَا وَكَفِّرْ عَنَّا سَيِّئَاتِنَا وَتَوَفَّنَا مَعَ الْأَبْرَارِ رَبَّنَا وَآتِنَا مَا وَعَدتَّنَا عَلَىٰ رُسُلِكَ وَلَا تُخْزِنَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ إِنَّكَ لَا تُخْلِفُ الْمِيعَادَ". [آلُ عِمْرَانَ - 191-194].

"Rabbimiz, Sen bularni behuda yaratmading. Sen poksan, bizni do'zax azobidan saqla. Rabbimiz, albatta, Sen kimni do'zaxga kiritsang, uni sharmanda qilgan bo'lasan. Zolimlarning yordamchilari yo'qdir. Rabbimiz, biz iymonga chorlovchini: «Rabbingizga iymon keltiring», deb chorlayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Rabbimiz, gunohlarimizni mag'firat qil, yomonliklarimizni o'chir va jonimizni yaxshilar bilan birga ol. Rabbimiz, bizga elchilaring orqali va'da qilgan narsangni ato et va Qiyomat kuni bizni sharmanda qilma. Albatta, Sen va'daga xilof qilmaysan.". [Oli Imron - 191-194].

"رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ". [الْأَعْرَافُ - 23].

"Rabbimiz, biz o'zimizga zulm qildik. Agar bizni mag'firat qilmasang va rahm etmasang, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lamiz.". [A'rof - 23].

"رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ". [الْأَعْرَافُ - 47].

"Rabbimiz, bizni zolimlar qavmi bilan birga qilma.". [A'rof - 47].

"رَبَّنَا أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ". [الْأَعْرَافُ - 126].

"Rabbimiz, ustimizga sabr yog'dir va jonimizni musulmon holimizda ol.". [A'rof - 126].

"حَسْبِيَ اللَّهُ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ۖ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ". [التَّوْبَةُ - 129].

"Menga Allohning O'zi kifoya. Undan o'zga iloh yo'q. Unga tavakkal qildim va U buyuk Arshning Rabbidir.". [Tavba - 129].

"رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ وَنَجِّنَا بِرَحْمَتِكَ مِنَ الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ". [يُونُسُ - 85-86].

"Rabbimiz, bizni zolimlar qavmi uchun fitna qilma va rahmating bilan bizni kofirlar qavmidan qutqar.". [Yunus - 85-86].

"رَبِّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَسْأَلَكَ مَا لَيْسَ لِي بِهِ عِلْمٌ ۖ وَإِلَّا تَغْفِرْ لِي وَتَرْحَمْنِي أَكُن مِّنَ الْخَاسِرِينَ". [هُودٌ - 47].

"Rabbim, o'zim bilmagan narsani Sendan so'rashdan Senga panoh so'rayman. Agar meni mag'firat qilmasang va menga rahm etmasang, ziyon ko'ruvchilardan bo'laman.". [Hud - 47].

"رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلَاةِ وَمِن ذُرِّيَّتِي ۚ رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاءِ". [إِبْرَاهِيمُ - 40].

"Rabbim, meni ham, zurriyotimdan bo'lganlarni ham namozni to'kis ado etuvchilardan qil. Rabbimiz, duoyimni qabul et.". [Ibrohim - 40].

"رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ". [إِبْرَاهِيمُ - 41].

"Rabbimiz, hisob qilinadigan kunda meni, ota-onamni va mo'minlarni mag'firat qil.". [Ibrohim - 41].

"رَّبِّ أَدْخِلْنِي مُدْخَلَ صِدْقٍ وَأَخْرِجْنِي مُخْرَجَ صِدْقٍ وَاجْعَل لِّي مِن لَّدُنكَ سُلْطَانًا نَّصِيرًا". [الْإِسْرَاءُ - 80].

"Rabbim, meni rostlik bilan kiritgin, rostlik bilan chiqargin va O'z huzuringdan menga yordam beruvchi qudrat ato et.". [Isro - 80].

"رَبَّنَا آتِنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ أَمْرِنَا رَشَدًا". [الْكَهْفُ - 10].

"Rabbimiz, bizga O'z huzuringdan rahmat ato et va ishimizni to'g'ri yo'lga sol.". [Kahf - 10].

"رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِّن لِّسَانِي يَفْقَهُوا قَوْلِي". [طه - 25-28].

"Rabbim, ko'ksimni keng qil, ishimni oson qil va tilimdagi tugunni yechgin, shunda so'zimni anglaydilar.". [Toha - 25-28].

"رَّبِّ زِدْنِي عِلْمًا". [طه - 114].

"Rabbim, ilmimni ziyoda qil.". [Toha - 114].

"لَا إِلَٰهَ إِلَّا أَنتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنتُ مِنَ الظَّالِمِينَ". [الْأَنْبِيَاءُ - 87].

"Sendan o'zga iloh yo'q. Sen poksan. Albatta, men zolimlardan bo'ldim.". [Anbiyo - 87].

"رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ". [الْأَنْبِيَاءُ - 89].

"Rabbim, meni yolg'iz qoldirma. Sen vorislarning eng yaxshisisan.". [Anbiyo - 89].

"رَّبِّ أَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ وَأَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَن يَحْضُرُونِ". [الْمُؤْمِنُونَ - 97-98].

"Rabbim, shaytonlarning vasvasalaridan Senga panoh so'rayman. Rabbim, ularning huzurimda bo'lishidan ham Senga panoh so'rayman.". [Mo'minun - 97-98].

"رَبَّنَا آمَنَّا فَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَا وَأَنتَ خَيْرُ الرَّاحِمِينَ". [الْمُؤْمِنُونَ - 109].

"Rabbimiz, iymon keltirdik. Bizni kechir va bizga rahm et. Sen rahm qiluvchilarning eng yaxshisisan.". [Mo'minun - 109].

"رَّبِّ اغْفِرْ وَارْحَمْ وَأَنتَ خَيْرُ الرَّاحِمِينَ". [الْمُؤْمِنُونَ - 118].

"Rabbim, mag'firat qil va rahm et. Sen rahm qiluvchilarning eng yaxshisisan.". [Mo'minun - 118].

O‘qish vaqtiBoshlashga tayyor
0 / 0

Tugallangan o‘qishlaringiz shu yerda ko‘rsatiladi.

O‘qish to‘xtatib turildi

Izoh va manba

Zikrni ulashish

WhatsApp Telegram Facebook X
Ulashiladigan matn

Qaytadan boshlansinmi?

Bu ushbu bo‘limdagi joriy hisoblagichlar va saqlangan joyni tozalaydi. Tugallangan o‘qishlar tarixi saqlanadi.

Hadislar kutubxonasidan

Hadis
Abu Hurayra reported that the Prophet, may Allah bless him and grant him peace, said, "Allah created Adam, may Allah bless him and grant him peace, and his height was 60 spans. He said, 'Go and greet those (a group of angels who were sitting down) and listen to how they answer you. It is your greeting and the greeting of your descendants.' He said, 'Peace be upon you,' and they replied, 'Peace be upon you and the mercy of Allah.' They added, 'and the mercy of Allah'. All who enter the Garden will have his form, but creation has continued to decline until now.'"
Al-Adab Al-Mufrad

Reference : Al-Adab Al-Mufrad 978 In-book reference : Book 42, Hadith 14 English translation : Book 42, Hadith 978

Hadis va manbasini o‘qish