Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi vasallam, duolari

O‘qish sozlamalari
اللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ، خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ، وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ، أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ، أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ، وَأَبُوءُ بِذَنْبِي فَاغْفِرْ لِي فَإِنَّهُ لَا يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلَّا أَنْتَ.
Allohim, Sen mening Rabbimsan, Sendan o'zga iloh yo'q. Meni yaratding va men Sening bandangman. Qo'limdan kelganicha Senga bergan ahdim va va'damda turaman. Qilgan ishlarimning yomonligidan Senga panoh so'rayman. Menga bergan ne'matingni e'tirof etaman va gunohimni tan olaman. Meni mag'firat qil, chunki gunohlarni Sendan boshqa hech kim kechirmaydi.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (6306) عَنْ شَدَّادِ بْنِ أَوْسٍ وَقَدْ وَصَفَ النَّبِيُّ هَذَا الدُّعَاءَ بِأَنَّهُ سَيِّدُ الِاسْتِغْفَارِ.
Buxoriy (6306) Shaddod ibn Avsdan rivoyat qilgan. Payg'ambar bu duoni istig'forlarning sayyidi deb ta'riflaganlar.
اللَّهُمَّ إِنِّي ظَلَمْتُ نَفْسِي ظُلْمًا كَثِيرًا، وَلَا يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلَّا أَنْتَ، فَاغْفِرْ لِي مَغْفِرَةً مِنْ عِنْدِكَ وَارْحَمْنِي إِنَّكَ أَنْتَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ.
Allohim, men o'zimga ko'p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqa hech kim kechirmaydi. Meni O'z huzuringdan mag'firat qil va menga rahm et. Albatta, Sen kechiruvchi va rahmlisan.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (834) وَمُسْلِمٌ (6869) عَنْ أَبِي بَكْرٍ.
Buxoriy (834) va Muslim (6869) Abu Bakrdan rivoyat qilgan.
رَبِّ اغْفِرْ لِي خَطِيئَتِي وَجَهْلِي وَإِسْرَافِي فِي أَمْرِي كُلِّهِ وَمَا أَنْتَ أَعْلَمُ بِهِ مِنِّي، اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي خَطَايَايَ وَعَمْدِي وَجَهْلِي وَهَزْلِي، وَكُلُّ ذَلِكَ عِنْدِي، اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي مَا قَدَّمْتُ وَمَا أَخَّرْتُ وَمَا أَسْرَرْتُ وَمَا أَعْلَنْتُ أَنْتَ الْمُقَدِّمُ وَأَنْتَ الْمُؤَخِّرُ وَأَنْتَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ.
Rabbim, xatomni, johilligimni, barcha ishlarimdagi haddan oshishimni va Sen mendan yaxshiroq biladigan narsalarni mag'firat qil. Allohim, xatolarimni, qasddan qilganlarimni, johilligimni va hazilimni mag'firat qil; bularning barchasi menda bor. Allohim, oldin qilganimni va keyin qilganimni, yashirganimni va oshkor qilganimni mag'firat qil. Sen oldinga suruvchisan va Sen orqaga qoldiruvchisan. Sen har narsaga qodirsan.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (6398) وَمُسْلِمٌ (6901) عَنْ أَبِي مُوسَى.
Buxoriy (6398) va Muslim (6901) Abu Musodan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي ذَنْبِي كُلَّهُ، دِقَّهُ، وَجِلَّهُ، وَأَوَّلَهُ، وَآخِرَهُ، وَعَلَانِيَتَهُ، وَسِرَّهُ.
Allohim, barcha gunohimni — kichigini va kattasini, avvalgisini va oxirgisini, oshkorasini va maxfiysini mag'firat qil.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (1084) عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ.
Muslim (1084) Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالْحَزَنِ وَالْعَجْزِ وَالْكَسَلِ وَالْجُبْنِ وَالْبُخْلِ وَضَلَعِ الدَّيْنِ وَغَلَبَةِ الرِّجَالِ.
Allohim, tashvish va g'amdan, ojizlik va dangasalikdan, qo'rqoqlik va baxillikdan, qarzning bosimi va odamlarning ustun kelishidan Senga panoh so'rayman.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (6369) عَنْ أَنَسٍ.
Buxoriy (6369) Anasdan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْبُخْلِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ الْجُبْنِ، وَأَعُوذُ بِكَ أَنْ أُرَدَّ إِلَى أَرْذَلِ الْعُمُرِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الدُّنْيَا، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ.
Allohim, baxillikdan Senga panoh so'rayman, qo'rqoqlikdan Senga panoh so'rayman, umrning eng zaif davriga qaytarilishdan Senga panoh so'rayman. Dunyo fitnasidan va qabr azobidan Senga panoh so'rayman.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (6365) عَنْ سَعْدِ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ.
Buxoriy (6365) Sa'd ibn Abu Vaqqosdan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْكَسَلِ وَالْهَرَمِ وَالْمَأْثَمِ وَالْمَغْرَمِ، وَمِنْ فِتْنَةِ الْقَبْرِ وَعَذَابِ الْقَبْرِ، وَمِنْ فِتْنَةِ النَّارِ وَعَذَابِ النَّارِ، وَمِنْ شَرِّ فِتْنَةِ الْغِنَى، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الْفَقْرِ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الْمَسِيحِ الدَّجَّالِ، اللَّهُمَّ اغْسِلْ عَنِّي خَطَايَايَ بِمَاءِ الثَّلْجِ وَالْبَرَدِ، وَنَقِّ قَلْبِي مِنَ الْخَطَايَا كَمَا نَقَّيْتَ الثَّوْبَ الْأَبْيَضَ مِنَ الدَّنَسِ، وَبَاعِدْ بَيْنِي وَبَيْنَ خَطَايَايَ كَمَا بَاعَدْتَ بَيْنَ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ.
Allohim, dangasalikdan, keksalik zaifligidan, gunoh va qarzdan, qabr fitnasi va qabr azobidan, do'zax fitnasi va do'zax azobidan, boylik fitnasining yomonligidan Senga panoh so'rayman. Faqirlik fitnasidan va Masih Dajjol fitnasidan Senga panoh so'rayman. Allohim, gunohlarimni qor va do'l suvi bilan yuvgin. Qalbimni gunohlardan oq kiyimni kirdan tozalagandek tozala. Men bilan gunohlarim orasini sharq va g'arb orasini uzoq qilganing kabi uzoq qil.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (6368) وَمُسْلِمٌ (6871) عَنْ عَائِشَةَ.
Buxoriy (6368) va Muslim (6871) Oishadan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ رَبَّ السَّمَوَاتِ وَرَبَّ الْأَرْضِ وَرَبَّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ، رَبَّنَا وَرَبَّ كُلِّ شَيْءٍ، فَالِقَ الْحَبِّ وَالنَّوَى وَمُنْزِلَ التَّوْرَاةِ وَالْإِنْجِيلِ وَالْفُرْقَانِ، أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ كُلِّ شَيْءٍ أَنْتَ آخِذٌ بِنَاصِيَتِهِ، اللَّهُمَّ أَنْتَ الْأَوَّلُ فَلَيْسَ قَبْلَكَ شَيْءٌ، وَأَنْتَ الْآخِرُ فَلَيْسَ بَعْدَكَ شَيْءٌ، وَأَنْتَ الظَّاهِرُ فَلَيْسَ فَوْقَكَ شَيْءٌ، وَأَنْتَ الْبَاطِنُ فَلَيْسَ دُونَكَ شَيْءٌ، اقْضِ عَنَّا الدَّيْنَ وَأَغْنِنَا مِنَ الْفَقْرِ.
Allohim, osmonlar Parvardigori, yer Parvardigori va ulug‘ Arsh Parvardigori! Bizning Parvardigorimiz va barcha narsaning Parvardigori! Don va danakni yoruvchi, Tavrot, Injil va Furqonni nozil qiluvchi Zot! Men tizgini Sening qo‘lingda bo‘lgan barcha narsaning yomonligidan Sening panohingni so‘rayman. Allohim, Sen Avvalsan, Sendan oldin hech narsa yo‘q. Sen Oxirsan, Sendan keyin hech narsa yo‘q. Sen Zohirsan, Sendan yuqorida hech narsa yo‘q. Sen Botinsan, Sendan yaqin hech narsa yo‘q. Qarzimizni ado et va bizni kambag‘allikdan behojat qil.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (6889) عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ.
Imom Muslim (6889) Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا عَمِلْتُ وَمِنْ شَرِّ مَا لَمْ أَعْمَلْ.
Allohim, qilgan ishlarimning yomonligidan va qilmagan ishlarimning yomonligidan Senga panoh so'rayman.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (6895) عَنْ عَائِشَةَ.
Muslim (6895) Oishadan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ أَصْلِحْ لِي دِينِي الَّذِي هُوَ عِصْمَةُ أَمْرِي، وَأَصْلِحْ لِي دُنْيَايَ الَّتِي فِيهَا مَعَاشِي، وَأَصْلِحْ لِي آخِرَتِي الَّتِي فِيهَا مَعَادِي وَاجْعَلِ الْحَيَاةَ زِيَادَةً لِي فِي كُلِّ خَيْرٍ، وَاجْعَلِ الْمَوْتَ رَاحَةً لِي مِنْ كُلِّ شَرٍّ.
Allohim, ishimning himoyasi bo'lgan dinimni isloh qil, yashashim bo'lgan dunyomni isloh qil va qaytishim bo'lgan oxiratimni isloh qil. Hayotni men uchun har bir yaxshilikda ziyodalikka, o'limni esa har bir yomonlikdan rohatga aylantir.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (6903) عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ.
Muslim (6903) Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الْهُدَى وَالتُّقَى وَالْعَفَافَ وَالْغِنَى.
Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va behojatlik so'rayman.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (6904) عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ.
Muslim (6904) Ibn Mas'uddan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْعَجْزِ وَالْكَسَلِ، وَالْجُبْنِ وَالْبُخْلِ، وَالْهَرَمِ وَعَذَابِ الْقَبْرِ، اللَّهُمَّ آتِ نَفْسِي تَقْوَاهَا وَزَكِّهَا أَنْتَ خَيْرُ مَنْ زَكَّاهَا، أَنْتَ وَلِيُّهَا وَمَوْلَاهَا، اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عِلْمٍ لَا يَنْفَعُ، وَمِنْ قَلْبٍ لَا يَخْشَعُ، وَمِنْ نَفْسٍ لَا تَشْبَعُ، وَمِنْ دَعْوَةٍ لَا يُسْتَجَابُ لَهَا.
Allohim, ojizlik va dangasalikdan, qo'rqoqlik va baxillikdan, keksalik zaifligi va qabr azobidan Senga panoh so'rayman. Allohim, nafsimga taqvo ato et va uni pokla. Sen uni poklovchilarning eng yaxshisisan, Sen uning himoyachisi va egasisan. Allohim, foyda bermaydigan ilmdan, qo'rqmaydigan qalbdan, to'ymaydigan nafsdan va qabul qilinmaydigan duodan Senga panoh so'rayman.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (6906) عَنْ زَيْدِ بْنِ أَرْقَمَ.
Muslim (6906) Zayd ibn Arqamdan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ لَكَ أَسْلَمْتُ وَبِكَ آمَنْتُ، وَعَلَيْكَ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْكَ أَنَبْتُ وَبِكَ خَاصَمْتُ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِعِزَّتِكَ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ أَنْ تُضِلَّنِي، أَنْتَ الْحَيُّ الَّذِي لَا يَمُوتُ وَالْجِنُّ وَالْإِنْسُ يَمُوتُونَ.
Allohim, Senga bo'ysundim, Senga iymon keltirdim, Senga tavakkal qildim, Senga qaytdim va Sening yordaming bilan bahslashdim. Allohim, meni adashtirishingdan izzating bilan panoh so'rayman, Sendan o'zga iloh yo'q. Sen o'lmaydigan Hayysan, jinlar va insonlar esa o'ladilar.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (7383) وَمُسْلِمٌ (6899) عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ.
Buxoriy (7383) va Muslim (6899) Ibn Abbosdan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ زَوَالِ نِعْمَتِكَ وَتَحَوُّلِ عَافِيَتِكَ وَفُجَاءَةِ نِقْمَتِكَ وَجَمِيعِ سَخَطِكَ.
Allohim, ne'matingning ketishidan, ofiyatingning o'zgarishidan, jazongning to'satdan kelishidan va barcha g'azabingdan Senga panoh so'rayman.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (6943) عَنِ ابْنِ عُمَرَ.
Muslim (6943) Ibn Umardan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ مُصَرِّفَ الْقُلُوبِ صَرِّفْ قُلُوبَنَا عَلَى طَاعَتِكَ.
Ey qalblarni buruvchi Allohim, qalblarimizni O'zingga itoat qilishga bur.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (6750) عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو.
Muslim (6750) Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ رَبَّ جَبْرَائِيلَ وَمِيكَائِيلَ وَإِسْرَافِيلَ، فَاطِرَ السَّمَوَاتِ وَالْأَرْضِ، عَالِمَ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ، أَنْتَ تَحْكُمُ بَيْنَ عِبَادِكَ فِيمَا كَانُوا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ، اهْدِنِي لِمَا اخْتُلِفَ فِيهِ مِنَ الْحَقِّ بِإِذْنِكَ، إِنَّكَ تَهْدِي مَنْ تَشَاءُ إِلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ.
Allohim, Jabroil, Mikoil va Isrofilning Rabbi, osmonlar va yerni yaratuvchi, g'aybni va oshkorni biluvchi! Bandalaring o'rtasida ixtilof qilgan narsalarida Sen hukm qilasan. Ixtilof qilingan haqiqatga O'z izning bilan meni hidoyat qil. Albatta, Sen xohlagan kishini to'g'ri yo'lga hidoyat qilasan.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (1811) عَنْ عَائِشَةَ.
Muslim (1811) Oishadan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِرِضَاكَ مِنْ سَخَطِكَ، وَبِمُعَافَاتِكَ مِنْ عُقُوبَتِكَ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْكَ، لَا أُحْصِي ثَنَاءً عَلَيْكَ، أَنْتَ كَمَا أَثْنَيْتَ عَلَى نَفْسِكَ.
Allohim, g'azabingdan roziligingga, jazoyingdan ofiyat berishingga panoh so'rayman. Sendan Senga panoh so'rayman. Senga aytiladigan maqtovni sanab ado eta olmayman. Sen O'zingni maqtaganing kabisan.
رَوَاهُ مُسْلِمٌ (1090) عَنْ عَائِشَةَ.
Muslim (1090) Oishadan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ جَهْدِ الْبَلَاءِ وَدَرَكِ الشَّقَاءِ وَسُوءِ الْقَضَاءِ وَشَمَاتَةِ الْأَعْدَاءِ.
Allohim, baloning mashaqqatidan, baxtsizlikka yetishdan, yomon qadardan va dushmanlarning quvonishidan Senga panoh so'rayman.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (6347) وَمُسْلِمٌ (6877) عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ.
Buxoriy (6347) va Muslim (6877) Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ اجْعَلْ لِي فِي قَلْبِي نُورًا، وَفِي لِسَانِي نُورًا، وَفِي سَمْعِي نُورًا، وَفِي بَصَرِي نُورًا، وَمِنْ فَوْقِي نُورًا، وَمِنْ تَحْتِي نُورًا، وَعَنْ يَمِينِي نُورًا، وَعَنْ شِمَالِي نُورًا، وَمِنْ بَيْنِ يَدَيَّ نُورًا، وَمِنْ خَلْفِي نُورًا، وَاجْعَلْ فِي نَفْسِي نُورًا، وَأَعْظِمْ لِي نُورًا.
Allohim, qalbimga nur, tilimga nur, eshitishimga nur va ko'rishimga nur ato et. Ustimga, ostimga, o'ngimga, chapimga, oldimga va orqamga nur ato et. Nafsimga nur ato et va menga buyuk nur ber.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (6316) وَمُسْلِمٌ (1797) عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ.
Buxoriy (6316) va Muslim (1797) Ibn Abbosdan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنَ الْخَيْرِ كُلِّهِ عَاجِلِهِ وَآجِلِهِ مَا عَلِمْتُ مِنْهُ وَمَا لَمْ أَعْلَمْ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ الشَّرِّ كُلِّهِ عَاجِلِهِ وَآجِلِهِ مَا عَلِمْتُ مِنْهُ وَمَا لَمْ أَعْلَمْ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ خَيْرِ مَا سَأَلَكَ عَبْدُكَ وَنَبِيُّكَ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا عَاذَ بِهِ عَبْدُكَ وَنَبِيُّكَ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الْجَنَّةَ وَمَا قَرَّبَ إِلَيْهَا مِنْ قَوْلٍ أَوْ عَمَلٍ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ النَّارِ وَمَا قَرَّبَ إِلَيْهَا مِنْ قَوْلٍ أَوْ عَمَلٍ وَأَسْأَلُكَ أَنْ تَجْعَلَ كُلَّ قَضَاءٍ قَضَيْتَهُ لِي خَيْرًا.
Allohim, Sendan barcha yaxshilikni — tezda keladiganini va kech keladiganini, bilganimni va bilmaganimni — so'rayman. Barcha yomonlikdan — tezda keladiganidan va kech keladiganidan, bilganimdan va bilmaganimdan — Senga panoh so'rayman. Allohim, Sendan bandang va payg'ambaring so'ragan yaxshilikni so'rayman va bandang va payg'ambaring panoh so'ragan yomonlikdan Senga panoh so'rayman. Allohim, Sendan jannatni va unga yaqinlashtiradigan so'z yoki amalni so'rayman. Do'zaxdan va unga yaqinlashtiradigan so'z yoki amaldan Senga panoh so'rayman. Men uchun belgilagan har bir qadaringni yaxshilik qilishingni Sendan so'rayman.
رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ (3846) بِإِسْنَادٍ صَحِيحٍ عَنْ عَائِشَةَ.
Ibn Moja (3846) Oishadan sahih isnod bilan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ بِعِلْمِكَ الْغَيْبَ وَقُدْرَتِكَ عَلَى الْخَلْقِ أَحْيِنِي مَا عَلِمْتَ الْحَيَاةَ خَيْرًا لِي، وَتَوَفَّنِي إِذَا عَلِمْتَ الْوَفَاةَ خَيْرًا لِي، اللَّهُمَّ وَأَسْأَلُكَ خَشْيَتَكَ فِي الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ، وَأَسْأَلُكَ كَلِمَةَ الْحَقِّ فِي الرِّضَا وَالْغَضَبِ، وَأَسْأَلُكَ الْقَصْدَ فِي الْفَقْرِ وَالْغِنَى، وَأَسْأَلُكَ نَعِيمًا لَا يَنْفَدُ، وَأَسْأَلُكَ قُرَّةَ عَيْنٍ لَا تَنْقَطِعُ، وَأَسْأَلُكَ الرِّضَاءَ بَعْدَ الْقَضَاءِ، وَأَسْأَلُكَ بَرْدَ الْعَيْشِ بَعْدَ الْمَوْتِ، وَأَسْأَلُكَ لَذَّةَ النَّظَرِ إِلَى وَجْهِكَ وَالشَّوْقَ إِلَى لِقَائِكَ فِي غَيْرِ ضَرَّاءَ مُضِرَّةٍ وَلَا فِتْنَةٍ مُضِلَّةٍ، اللَّهُمَّ زَيِّنَّا بِزِينَةِ الْإِيمَانِ، وَاجْعَلْنَا هُدَاةً مُهْتَدِينَ.
Allohim, g'aybni bilishing va yaratishga qodirliging haqqi, hayot men uchun yaxshi ekanini bilganing muddatda meni tirik tut, vafot men uchun yaxshi ekanini bilganingda jonimni ol. Allohim, Sendan yashirin va oshkor holatda O'zingdan qo'rqishni, rozilik va g'azab paytida haq so'zni aytishni, faqirlik va boylikda mo'tadillikni so'rayman. Sendan tugamaydigan ne'mat va uzilmaydigan ko'z quvonchini so'rayman. Sendan qazo qilingandan keyin rozilikni, o'limdan keyin rohatli hayotni, zararli musibat va adashtiruvchi fitnasiz yuzingga qarash lazzatini va Senga uchrashish sog'inchini so'rayman. Allohim, bizni iymon ziynati bilan bezagin va bizni hidoyat topgan, boshqalarni hidoyatga boshlovchilardan qil.
رَوَاهُ النَّسَائِيُّ (1305) بِإِسْنَادٍ حَسَنٍ عَنْ عَمَّارِ بْنِ يَاسِرٍ.
Nasoiy (1305) Ammor ibn Yosirdan hasan isnod bilan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الْعَفْوَ وَالْعَافِيَةَ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الْعَفْوَ وَالْعَافِيَةَ فِي دِينِي وَدُنْيَايَ وَأَهْلِي وَمَالِي، اللَّهُمَّ اسْتُرْ عَوْرَاتِي وَآمِنْ رَوْعَاتِي، وَاحْفَظْنِي مِنْ بَيْنِ يَدَيَّ وَمِنْ خَلْفِي وَعَنْ يَمِينِي وَعَنْ شِمَالِي وَمِنْ فَوْقِي، وَأَعُوذُ بِعَظَمَتِكَ أَنْ أُغْتَالَ مِنْ تَحْتِي.
Allohim, Sendan dunyo va oxiratda afv va ofiyat so'rayman. Allohim, dinimda, dunyomda, oilamda va molimda afv va ofiyat so'rayman. Allohim, ayblarimni berkit va qo'rquvlarimdan omon qil. Meni oldimdan, orqamdan, o'ngimdan, chapimdan va yuqorimdan asra. Ostimdan halok bo'lishdan ulug'liging bilan panoh so'rayman.
رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ (5074) وَغَيْرُهُ بِإِسْنَادٍ صَحِيحٍ عَنِ ابْنِ عُمَرَ.
Abu Dovud (5074) va boshqalar Ibn Umardan sahih isnod bilan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ عَالِمَ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ، فَاطِرَ السَّمَوَاتِ وَالْأَرْضِ، رَبَّ كُلِّ شَيْءٍ وَمَلِيكَهُ، أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ، أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ نَفْسِي وَشَرِّ الشَّيْطَانِ وَشِرْكِهِ.
Allohim, g'aybni va oshkorni biluvchi, osmonlar va yerni yaratuvchi, har narsaning Rabbi va egasi! Sendan o'zga iloh yo'qligiga guvohlik beraman. Nafsimning yomonligidan, shaytonning yomonligi va shirkidan Senga panoh so'rayman.
رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ (3392) وَغَيْرُهُ بِإِسْنَادٍ صَحِيحٍ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ.
Termiziy (3392) va boshqalar Abu Hurayradan sahih isnod bilan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الثَّبَاتَ فِي الْأَمْرِ، وَالْعَزِيمَةَ عَلَى الرُّشْدِ، وَأَسْأَلُكَ مُوجِبَاتِ رَحْمَتِكَ، وَعَزَائِمَ مَغْفِرَتِكَ، وَأَسْأَلُكَ شُكْرَ نِعْمَتِكَ، وَحُسْنَ عِبَادَتِكَ، وَأَسْأَلُكَ قَلْبًا سَلِيمًا، وَلِسَانًا صَادِقًا، وَأَسْأَلُكَ مِنْ خَيْرِ مَا تَعْلَمُ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا تَعْلَمُ، وَأَسْتَغْفِرُكَ لِمَا تَعْلَمُ، إِنَّكَ أَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ.
Allohim, Sendan ishda sobitlikni va to'g'ri yo'lda qat'iyatni so'rayman. Rahmatingga sabab bo'ladigan va mag'firatingni keltiradigan narsalarni so'rayman. Ne'matingga shukr qilishni va Senga go'zal ibodat qilishni so'rayman. Sendan sog'lom qalb va rostgo'y til so'rayman. O'zing bilgan yaxshilikni so'rayman, O'zing bilgan yomonlikdan Senga panoh so'rayman va O'zing bilgan narsalar uchun Sendan mag'firat so'rayman. Albatta, Sen g'ayblarni biluvchisan.
رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ فِي "الْكَبِيرِ" (7135) عَنْ شَدَّادِ بْنِ أَوْسٍ.
Tabaroniy «Al-Kabir»da (7135) Shaddod ibn Avsdan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ اكْفِنِي بِحَلَالِكَ عَنْ حَرَامِكَ وَأَغْنِنِي بِفَضْلِكَ عَمَّنْ سِوَاكَ.
Allohim, haloling bilan meni haromingdan behojat qil va fazling bilan meni O'zingdan boshqalarga muhtoj qilma.
رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ (3563) بِإِسْنَادٍ حَسَنٍ عَنْ عَلِيٍّ.
Termiziy (3563) Alidan hasan isnod bilan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ عَافِنِي فِي بَدَنِي، اللَّهُمَّ عَافِنِي فِي سَمْعِي، اللَّهُمَّ عَافِنِي فِي بَصَرِي، لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْكُفْرِ وَالْفَقْرِ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ، لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ.
Allohim, badanimga ofiyat ber. Allohim, eshitishimga ofiyat ber. Allohim, ko'rishimga ofiyat ber. Sendan o'zga iloh yo'q. Allohim, kufr va faqirlikdan Senga panoh so'rayman. Allohim, qabr azobidan Senga panoh so'rayman. Sendan o'zga iloh yo'q.
رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ (5090) بِإِسْنَادٍ حَسَنٍ عَنْ أَبِي بَكْرَةَ.
Abu Dovud (5090) Abu Bakradan hasan isnod bilan rivoyat qilgan.
رَبِّ أَعِنِّي وَلَا تُعِنْ عَلَيَّ، وَانْصُرْنِي وَلَا تَنْصُرْ عَلَيَّ، وَامْكُرْ لِي وَلَا تَمْكُرْ عَلَيَّ، وَاهْدِنِي وَيَسِّرِ الْهُدَى لِي، وَانْصُرْنِي عَلَى مَنْ بَغَى عَلَيَّ، رَبِّ اجْعَلْنِي لَكَ شَكَّارًا، لَكَ ذَكَّارًا، لَكَ رَهَّابًا، لَكَ مِطْوَاعًا، لَكَ مُخْبِتًا إِلَيْكَ أَوَّاهًا مُنِيبًا، رَبِّ تَقَبَّلْ تَوْبَتِي وَاغْسِلْ حَوْبَتِي وَأَجِبْ دَعْوَتِي وَثَبِّتْ حُجَّتِي وَسَدِّدْ لِسَانِي وَاهْدِ قَلْبِي وَاسْلُلْ سَخِيمَةَ صَدْرِي.
Rabbim, menga yordam ber, menga qarshi yordam berma. Menga nusrat ber, menga qarshi nusrat berma. Men uchun tadbir qil, menga qarshi tadbir qilma. Meni hidoyat qil, hidoyatni menga oson qil va menga zulm qilganga qarshi yordam ber. Rabbim, meni Senga ko'p shukr qiluvchi, Seni ko'p zikr qiluvchi, Sendan qattiq qo'rquvchi, Senga itoatkor, Senga kamtar, Senga ko'p iltijo qiluvchi va qaytuvchi qil. Rabbim, tavbamni qabul et, gunohimni yuv, duomga javob ber, hujjatimni sobit qil, tilimni to'g'ri qil, qalbimni hidoyat qil va ko'ksimdagi adovatni sug'urib ol.
رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ (3551) وَغَيْرُهُ بِإِسْنَادٍ صَحِيحٍ عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ.
Termiziy (3551) va boshqalar Ibn Abbosdan sahih isnod bilan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ لَكَ الْحَمْدُ كُلُّهُ، اللَّهُمَّ لَا قَابِضَ لِمَا بَسَطْتَ، وَلَا بَاسِطَ لِمَا قَبَضْتَ، وَلَا هَادِيَ لِمَا أَضْلَلْتَ، وَلَا مُضِلَّ لِمَنْ هَدَيْتَ، وَلَا مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ، وَلَا مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ، وَلَا مُقَرِّبَ لِمَا بَاعَدْتَ، وَلَا مُبَاعِدَ لِمَا قَرَّبْتَ، اللَّهُمَّ ابْسُطْ عَلَيْنَا مِنْ بَرَكَاتِكَ وَرَحْمَتِكَ وَفَضْلِكَ وَرِزْقِكَ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ النَّعِيمَ الْمُقِيمَ الَّذِي لَا يَحُولُ وَلَا يَزُولُ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ النَّعِيمَ يَوْمَ الْعَيْلَةِ، وَالْأَمْنَ يَوْمَ الْخَوْفِ، اللَّهُمَّ إِنِّي عَائِذٌ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا أَعْطَيْتَنَا وَشَرِّ مَا مَنَعْتَ، اللَّهُمَّ حَبِّبْ إِلَيْنَا الْإِيمَانَ وَزَيِّنْهُ فِي قُلُوبِنَا، وَكَرِّهْ إِلَيْنَا الْكُفْرَ وَالْفُسُوقَ وَالْعِصْيَانَ، وَاجْعَلْنَا مِنَ الرَّاشِدِينَ، اللَّهُمَّ تَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ، وَأَحْيِنَا مُسْلِمِينَ، وَأَلْحِقْنَا بِالصَّالِحِينَ غَيْرَ خَزَايَا وَلَا مَفْتُونِينَ، اللَّهُمَّ قَاتِلْ الْكَفَرَةَ الَّذِينَ يُكَذِّبُونَ رُسُلَكَ، وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِكَ، وَاجْعَلْ عَلَيْهِمْ رِجْزَكَ وَعَذَابَكَ، اللَّهُمَّ قَاتِلْ الْكَفَرَةَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ إِلَهَ الْحَقِّ.
Allohim, hamdning barchasi Sengadir. Allohim, Sen keng qilgan narsani tor qiluvchi, Sen tor qilgan narsani keng qiluvchi yo‘q. Sen adashtirganga hidoyat beruvchi va Sen hidoyat qilganni adashtiruvchi yo‘q. Sen bermagan narsani beruvchi va Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Sen uzoqlashtirganni yaqinlashtiruvchi va Sen yaqinlashtirganni uzoqlashtiruvchi yo‘q. Allohim, bizga barakalaringni, rahmatingni, fazlingni va rizqingni keng qilib ato et. Allohim, Sendan o‘zgarmaydigan va tugamaydigan abadiy ne’matni so‘rayman. Allohim, Sendan muhtojlik kunida ne’mat va qo‘rquv kunida omonlik so‘rayman. Allohim, bizga bergan narsangning yomonligidan va bizdan tutib qolgan narsangning yomonligidan Senga panoh tilayman. Allohim, bizga iymonni sevimli qil va uni qalblarimizda bezat, kufr, fosiqlik va itoatsizlikni bizga yomon ko‘rsat, bizni to‘g‘ri yo‘l topganlardan qil. Allohim, bizni musulmon holda vafot ettir, musulmon holda yashat va sharmanda ham, fitnaga uchragan ham bo‘lmagan holda solihlar safiga qo‘sh. Allohim, rasullaringni yolg‘onga chiqargan va Sening yo‘lingdan to‘sadigan kofirlarga qarshi kurash va ularga azobingni tushir. Allohim, kitob berilgan kofirlarga qarshi kurash, ey Haq ilohi.
رَوَاهُ الْإِمَامُ أَحْمَدُ (15492) عَنْ رِفَاعَةَ الزُّرَقِيِّ بِإِسْنَادٍ صَحِيحٍ.
Imom Ahmad (15492) Rifoa az-Zuraqiydan sahih sanad bilan rivoyat qilgan.
اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ، اللَّهُمَّ بَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ.
Allohim, Ibrohimga va Ibrohim oilasiga salovot aytganing kabi Muhammadga va Muhammad oilasiga ham salovot ayt. Albatta, Sen hamdga loyiq va ulug'san. Allohim, Ibrohimga va Ibrohim oilasiga baraka berganing kabi Muhammadga va Muhammad oilasiga ham baraka ber. Albatta, Sen hamdga loyiq va ulug'san.
رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ (3370) وَمُسْلِمٌ (908) عَنْ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ.
Buxoriy (3370) va Muslim (908) Ka'b ibn Ujradan rivoyat qilgan.
O‘qish vaqtiBoshlashga tayyor
0 / 0

Tugallangan o‘qishlaringiz shu yerda ko‘rsatiladi.

O‘qish to‘xtatib turildi

Izoh va manba

Zikrni ulashish

WhatsApp Telegram Facebook X
Ulashiladigan matn

Qaytadan boshlansinmi?

Bu ushbu bo‘limdagi joriy hisoblagichlar va saqlangan joyni tozalaydi. Tugallangan o‘qishlar tarixi saqlanadi.

Hadislar kutubxonasidan

Hadis
Narrated Anas: Abu Zaid died and did not leave any offspring, and he was one of the Badr warriors.
Sahih al-Bukhari

Reference : Sahih al-Bukhari 3996 In-book reference : Book 64, Hadith 47 USC-MSA web (English) reference : Vol. 5, Book 59, Hadith 331 (deprecated numbering scheme)

Hadis va manbasini o‘qish
It was narrated from Ibn 'Umar that the Messenger of Allah (ﷺ) said: "Sheep are among the animals of Paradise."'